English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Naqd xorijiy valyutani noqonuniy ravishda mamlakatimizdan olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi
17:31 / 2022-10-04

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga piyoda chiqib ketayotgan fuqaroning ko‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Ryukzak ichida yulovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan jami 29 ming 900 AKSH dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketayotganligi aniklandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 100 million so‘m ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

Yana bir ma’lumot, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomondan DXX xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Toshkent viloyati, “Farg‘ona — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda avtoulovning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qiymati 152 million so‘mdan ziyod jami 23 ming 500 dona tibbiyot naychasi (tibbiyot sistemalari) borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA