English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustahkam oila – jamiyat poydevori
21:35 / 2023-02-06

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida Guliston shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Tojiboyeva, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik J.Hotamov, Guliston shahar hokimi o‘rinbosari A.Payziyeva, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudi Raisi K.Namazov, Guliston shahar FHDYO bo‘limi mudiri G.Rasulova, boshqarmada xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari hamda boshqarmaga biriktirilgan Guliston shahridagi 9-son umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf qizlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari N.Tojiboyeva hozirgi kunda ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va oilaviy ajrimlar ko‘payib borayotganligi sababli nizoli oilalar bilan alohida tizim orqali ishlash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida o‘z fikrlarini bildirdi. bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda inson manfaatlarini ta’minlash barobarida, oilalarimizni yanada mustahkamlash, yoshlarni oilaga tayyorlash, nikohdan o‘tish, ajrimlarni oldini olish, shuningdek, oilaviy hayot psixologiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi bildirib o‘tildi.  

Seminar qizg‘in muzokaralarga boy bo‘ldi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan batafsil javob oldi. Kelgusida bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishildi.

Sh. Suyarov, O‘zA