English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muqobil energiya qulay va tejamkor
17:42 / 2022-11-23

Farg‘onada muqobil energiya manbalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 10 iyun kuni o‘tkazilgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida muhim vazifalar belgilanib, barcha vazirlik va idoralar, hokimliklar, mahalla binolarini muqobil energiyaga o‘tkazish zarurligi ta’kidlangan edi.  

Ayni kunlarda Farg‘ona viloyatidagi bir qator korxona va tashkilotlar binolarida muqobil energiya ishlab chiqaruvchi qulay hamda sifatli bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilib, elektr energiyasi tejalishiga erishilmoqda. Xususan, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida bu yo‘nalishda tizimli ishlar olib borilmoqda. Jamiyat ma’muriy binosiga umumiy quvvati 20 kVT bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Bu sohada muqobil energiya manbalarini joriy etishga muhim vazifa sifatida qaralayotganidan dalolatdir. Keyingi bosqichda jamiyat tasarrufida bo‘lgan 20 ta shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalarida har birining quvvati 5 kVTdan bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu bilan jamiyatning o‘z ehtiyojlari uchun sarf etadigan elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishiladi, albatta.  

M.Sulaymonov, O‘zA