English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muqaddas dinimizning asl mohiyati inson qadrini ulug‘lashdir
16:42 / 2023-04-03

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovning kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalar a’zolarini umra ziyoratiga jo‘natish to‘g‘risidagi iltimosiga rozilik bergani xayrli voqea bo‘ldi.

Bunday baxtga musharraf bo‘lgan yurtdoshlarimiz ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilib, inson qadri ulug‘langan yurtda tug‘ilgani uchun shukronalar keltirmoqda. Ushbu xayrli ishlar boshida turganlarning haqlariga xayrli duolar qilishyapti.  

– Bir kuni to‘satdan mahalla idorasiga chaqirib qolishdi. U yerda meni qanday xushxabar kutayotganligidan mutlaqo bexabar edim, – deydi Sirdaryo viloyati Guliston tumanida istiqomat qiluvchi Maqsuda Pirmatova. –Mahalla mas’ullari sizni Umra safariga yubormoqchimiz, deyishganida shoshib qoldim. Axir, bunday ulug‘ ziyoratga borish uchun qo‘limda na jamg‘argan mablag‘im va na boshqa tayyorgarligim bor edi.  

Ollohim shu kunlarga yetkazdi. Davlatimiz rahbarining ko‘magi bilan Kabatullohni tavof qildik. Ziyoratda turli xalqlar bilan birga toat-ibodatda bo‘lib, shukronalar keltirdik. Muqaddas Kaba atrofini ko‘zimda yosh bilan qayta-qayta aylandim.  

O‘zbekistonimning tinchligini, el-yurtim omonligini so‘rab duo qildim. Qo‘limda hech qanday mablag‘im bo‘lmasa-da, yuragimda shu ziyorat orzusi bor edi. Olloh bandasini o‘z Baytiga chaqirsa manzillar bir zumda tutashishi hech gap emas ekan. Kabatullohni tavof qilib, bizlarga shunday kunlarni ato etgan Allohga hamdlar aytdim.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA