
FOTOREPORTAJ
Andijon shahrida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
[gallery-11182]
Viloyatning taniqli san’atkorlari, sport ustalari, tadbirkorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Vatanimiz taqdiri va ravnaqi, inson qadri, yurtdoshlarimiz haq-huquqlari himoyasini o‘zida mujassam etgan Yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, mazkur hujjatning ahamiyati, muhim jihatlari haqida so‘z yuritildi. Joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendumda barcha faol ishtirok etishga chaqirildi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA