English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muammolar joyida bartaraf etilmoqda
10:14 / 2023-02-04

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanida “Oqqo‘rg‘on tajribasi” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tuman hokimligida maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda xatlov jarayonida aniqlangan muammolar va ularni ijobiy hal etish chora-tadbirlari belgilanadi.  

Viloyat hokimi shtab a’zolari bilan uchrashib, kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Viloyat hokimi “Kelachi” mahallasida bo‘lib hududdagi bo‘sh turgan binoni borib ko‘rdi. Ayni paytda bino bo‘yicha kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lib, ushbu binoni tadbirkorlik sub’ektlariga berish va aholi uchun kerakli maskanga aylantirish zarurligini ta’kidladi. “Keskanterak” mahallasida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi qurilmoqda. Bu yerda kelajakda non va non mahsulotlari ishlab chiqariladi. “Astat 85” MCHJ tomonidan esa savdo, axborot texnologiyalari markazi, go‘zallik saloni va ovqatlanish shoxobchasi loyihasi amalga oshirilmoqda.  

Ushbu loyihalar ishga tushirilgach, ishsiz yoshlar bandligi ta’minlanadi. Tashrifning keyingi manzili “Arabxona” mahallasi hududida joylashgan 5-umumta’lim maktab bo‘ldi. Ta’lim muassasasida 868 nafar o‘quvchiga 80 nafar o‘qituvchi saboq beradi. Darslar ikki navbatda olib boriladi. Ayni paytda maktabda tabiiy gaz bosimining pastligi bois isitish tizimida muammolar mavjud. Viloyat hokimi muammoni qisqa muddatda bartaraf etish chorasini ko‘rish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi va 10-11-sinf o‘quvchilari dars jarayonlari bilan ham tanishdi. O‘quvchilar bilan ularning qiziqishlari, kelajakdagi orzulari haqida suhbatlashdi.  

– Navoiy shahridagi monomarkazda yapon tilini o‘rganyapman, – deydi maktabning 10-sinf o‘quvchisi Bahora Sharipova. – Kelajakda Yaponiyada o‘qish niyatim bor. Monomarkazda viloyat hokimi bilan uchrashuvda maktabimizga tashrif buyurishlarini so‘ragan edim. Bugun viloyat hokimi maktabimizga tashrif buyurdi hamda muammo va kamchiliklarni o‘rganib, yechimi yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi. Maktabni laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash va kutubxonani boyitish yuzasidan bildirgan takliflari barchamizni birdek quvontirdi. Viloyat hokimining hududlarga tashrifi davom etmoqda.  

A.Bo‘riyev, O‘zA