English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Moliyaviy piramida” quladi
10:01 / 2023-07-19

“Moliyaviy piramida” asoschilari javobgar bo‘ldi. Bu haqida Buxoro viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan sudlanuvchilar H.Boboyeva, U.Jumayev, S.Asadov, H.Hamidov va R.Hamidovalarga oid jinoyat ishi ko‘rildi.

Sudlanuvchilar Hafiza Boboyeva, Ulug‘bek Jumayev, Sohibjon Asadov, Hikmatjon Hamidov va Ra’no Hamidovalar “GOLDEN CASH STORE” MCHJ tashkilotchilari hisoblangan chet davlatlar fuqarolari M.Muntyan, O.Savelev va boshqalar tomonidan tashkil qilingan uyushgan guruhga a’zo bo‘lib, guruh manfaatini ko‘zlab jinoyat sodir etgan.

Xususan, O.Savelev boshchiligidagi uyushgan guruh go‘yoki o‘zlarini tilla buyumlari bilan savdo qiluvchi yirik kompaniya sifatida faoliyat olib borgan. Ular fuqarolardan olingan tilla buyumlar hamda pul mablag‘lari uchun 16,7 foizdan 260 foizgacha foyda bilan qaytarib berishni va’da qilgan. Natijada 2021 yil aprel oyidan noyabr oyiga qadar 42 nafar kishini aldab, ishonchini suiiste’mol qilib kelgan. Oqibatda, juda ko‘p miqdordagi qiymati 156,6 ming AQSH dollari pul mablag‘larini “GOLDEN CASH STORE” MCHJ XKning hisob raqamiga o‘tkazishga erishgan.

“GOLDEN CASH STORE” MCHJ a’zolari fuqarolar orasida targ‘ibot ishlarini olib borgan. Ularni pul va moddiy qimmatliklarini topshirtirishga da’vat etgan. Ushbu ma’lumotlarga qiziqqan fuqarolarga, agarda shu fuqarolar o‘zining ortidan mijoz topsa, har bir jalb qilgan mijoz tomonidan topshirilgan summaning 6 foizidan 20 foizigacha bo‘lgan qiymatda bonus olib berishlarini bildirgan. Ayrim fuqarolar targ‘ib qilinayotgan ma’lumotlar bo‘yicha “keshbek” va “bonus” lar oqib kelishiga ishonib, “moliyaviy piramida” hosil qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining tegishli bandlari bilan aybli deb topilgan S.Asadov 5 yil, U.Jumayev 5 yil, X.Boboyeva 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jinoiy guruhning boshqa a’zolariga 2 yil 5 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, jabrlanuvchi fuqarolarga yetkazilgan zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilandi. 

 

Zarif Komilov, O‘zA