Mohir stritbolchilar Nukusda aniqlandi
Nukusda Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning stritbol turi bo‘yicha yigitlar o‘rtasida final bosqichi “S” liga musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bahslarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 225 nafar mahalla yoshlari g‘oliblik uchun bellashdi.
[gallery-9911]
Musobaqada 16-21 yosh bosqichida birinchi o‘rinni Toshkent viloyati, ikkinchi o‘rinni Navoiy viloyati, uchinchi o‘rinni Sirdaryo viloyati, 22-26 yosh bosqichida birinchi o‘rinni Toshkent viloyati, ikkinchi o‘rinni Andijon viloyati, uchinchi o‘rinni Navoiy viloyati, 27-30 yosh bosqichida birinchi o‘rinni Namangan viloyati, ikkinchi o‘rinni Andijon viloyati, uchinchi o‘rinni Jizzax viloyati jamoalari egalladi.
Musobaqa g‘oliblariga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA