English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun to‘lovlar miqdori qancha?
16:51 / 2022-12-08

Davlat test markazi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun BHM 1,5 baravari (450 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

To‘lov talabgor tomonidan amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali ariza berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. To‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotni talabgor o‘zining shaxsiy kabineti orqali biladi.  

Agar ariza beruvchi turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa, Davlat test markaziga test sinovlari o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin yozma va elektron shaklda murojaat etishi lozim. Uzrli sababga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi boshlangan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni Davlat test markaziga bevosita yoki elektron tarzda taqdim etishi lozim. Bunda talabgorning arizasiga muvofiq navbatdagi test sinovlariga kiritilishi ta’minlanadi yoki to‘langan to‘lov to‘liq miqdorda talabgorga qaytariladi.  

Talabgor test sinoviga kechikkan yoki sababsiz kelmagan hollarda, uning arizasiga binoan talabgor tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning 50 foiz miqdori qaytariladi.  

O‘zA