
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilgi farmoniga muvofiq, Majburiy ijro Byuroning barcha hududiy boshqarmalari qoshida o‘tgan yilning 1 iyunidan tumanlararo ixtisoslashtirilgan ijro bo‘limlari tashkil etilib, ularning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Tumanlararo bo‘limlarining asosiy vazifasi etib, hujjatlarning ijrosini soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, ya’ni jismoniy shaxslarning ma’muriy jarimalar, soliq qarzi va davlat bojlarni qarzdorning yashash manziliga chiqmasdan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali oraliqdan ijrosini ta’minlash belgilandi.
Bu borada Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo bo‘limi tomonidan o‘tgan 6 oylik faoliyati davomida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, o‘tgan davrda 48,5 mlrd. so‘mlik 52,4 ming ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, shundan 9.7 mlrd. so‘mlik 22,2 mingta hujjatning ijrosi amalda ta’minlangan. 28,2 mlrd. so‘mlik 18,1 mingta ijro hujjati majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun tuman (shahar) bo‘limlariga yuborilgan hamda 4 693 donasi ijro hujjatining to‘liq yoki aniq bo‘lmaganligi sababli yuboruvchi organlarga qaytarilgan.
Bajarilgan 22,2 ta ijro hujjatlarning 16,5 mingtasi ma’muriy jarimalar, 4,7 mingtasi davlat bojlari va 934 tasi soliq qarzdorligini undirish yuzasidan.
Asosiysi, mazkur ijrosi ta’minlangan hujjatlarning ijrosi oraliqdan, ya’ni, davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlarini amalga oshirmasdan, fuqarolarni vaqtini tejab, to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan.
O‘zA