English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehribon xotin-qizlarimizdan bir umr qarzdormiz
12:22 / 2023-03-06

Farg‘onada 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida ayollarga yana bir bor ehtirom ko‘rsatildi.

Kelajak avlodni tarbiyalashdek katta mas’uliyatni o‘z yelkasida ko‘targan, mehr-shafqat va xotirjamlik, sabr hamda fidokorlik timsoli bo‘lgan xotin-qizlar ehtiromga munosib.  

Farg‘ona viloyatida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida 2022 yilda 22 ming 255 nafardan ortiq xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitildi. 22 ming 169 nafariga esa tadbirkorlik faoliyati uchun 405 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratilgan. Shuningdek, 2 ming 790 nafar xotin-qizlarga 11 milliard so‘mdan ortiq subcidiya ajratildi. Jami manbalar hisobidan 86 ming 883 nafar xotin-qizning bandligiga ko‘maklashilgan. Joriy yilda ham 3 mingdan ziyod xotin-qizga mavjud manbalar hisobidan 20,5 milliard so‘m subsidiya ajratilishi rejalashtirildi.

[gallery-10844]

Albatta, ayollar doimo e’zozda, e’tiborda. Bayram tadbirida bu yana bir namoyon bo‘ldi. Tantana qatnashchilarini qutlug‘ shodiyona bilan samimiy qutlagan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ularning timsolida yurtimiz ayollari va farg‘onalik barcha opa-singillarimizga ezgu tilaklarini izhor etdi.

Mamlakatimizda erishilayotgan quvonarli yutuqlarda, barcha jabhalarda yuksak marralarni qo‘lga kiritishda hayotimiz fayzi bo‘lgan munis va dilbar oila bekalarining o‘ziga xos munosib o‘rni borligini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi.

– Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz, – deydi viloyat rahbari.  

Bayram tadbirida viloyat ijtimoiy hayotidagi faolligi va tashabbuskorligi, o‘zining samarali mehnati bilan oila baxti hamda farovonligi mustahkamlanishi, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shayotgan, jamiyatda ma’naviy-ahloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan 22 nafar xotin-qizlarga “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, bir guruh faol xotin-qizlar viloyat hokimligi faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. El ardog‘idagi taniqli san’atkorlar – Ilhom Farmonov, Muhsinbek Mo‘minov, Ilhom Ibrohimov, Abdujalil Qo‘qonov, yosh iste’dodli xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning chiqishlari, qadrdon kuy-qo‘shiqlar, mumtoz raqslar bayram tadbiriga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.  

M.Sulaymonov, O‘zA  

M.Qodirov olgan surat