Globallashuv butun dunyoga shiddat bilan o‘z hukmini o‘tkazishga urinayotgan bir paytda, millatimizning qadriyatlari, ma’naviyati, urf-odati, an’analari, tarixi va ta’bir joiz bo‘lsa, o‘zligi kuchli sinovdan o‘tadi. Shunday qaltis sharoitda milliy kontentni shakllantirish, doimiy ravishda rivojlantirib, mustahkamlab borish masalasi juda dolzarb. Sababi biz dunyoda ro‘y berayotgan jarayonlarga chetdan turib, tomoshabin yoki baho beruvchi hakam kabi indamay qarab tura olmaymiz. Agar biz milliy kontent yaratmasak, odamlarimiz chetdan axborot olishga majbur bo‘ladi. Vaholanki, tashqaridan kirib kelayotgan ma’lumot har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi.
Shu o‘rinda o‘z-o‘zidan savollar paydo bo‘ladi: Mamlakat ichidagi sifatli media mahsulot – o‘zbek milliy kontenti aslida qanday bo‘lishi kerak? Kontent yaratishda xorij tajribasining qaysi jihatlariga e’tibor qaratish lozim? Chet el internet sahifalarida sof o‘zbekona kontent yaratish mumkinmi? Bunday savollarga javob topish, xususan media olamiga yangi ishtirokchilar kirib kelayotgan davrda ichki va tashqi axborot o‘rtasida vujudga kelayotgan turli ziddiyatlar, axborot xurujlariga qarshi preventiv, tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqish masalasi milliy kontent yaratilishiga tizimli va ko‘p tomonlama yondashishdek chuqur mas’uliyatni talab etadi.
Joriy yil yanvar oyiida davlatimiz rahbari O‘zbekistonda milliy kontent yaratish dolzab masala ekanini ta’kidlab, shunday degan edi:
– Biz O‘zbekiston axborot makonida milliy kontent yaratishni o‘z qo‘limizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatimiz nuqtai nazaridan baho bermas ekanmiz, jarayon xorijdan turib amalga oshirilishiga imkon yaratib beramiz. Yangilik, tahliliy ma’lumot va real voqealarga ehtiyojni biz qondirmas ekanmiz, ayni ishni boshqalar qiladi. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning bir gapi bor: “Yomon gap raketadan oldin yuradi, yaxshi gap toshbaqadan keyin”.
Darhaqiqat, bugun zamonaviy dunyoda axborotni yorug‘lik tezligida dunyoning bir nuqtasidan boshqa nuqtasiga yuborish mumkin. Hatto, shu axborotga ishlov berish, zarar yetkazish jarayoni ham neyrotarmoq va sun’iy intellekt texnologiyasi sabab soniyalarda amalga oshirilmoqda. Kiber xuruj ortidan ba’zida misli ko‘rilmagan darajada moddiy zarar ko‘riladi. Afsuski, axborot xurujining muayyan g‘oyani singdirishga asoslangan turlari ham borki, bunday salbiy harakatga qarshi kurashish jamiyatning har bir a’zosidan chuqur bilim, g‘oyat kuchli sabr-toqat talab qiladi.
Kishini o‘ylantiradigan yana bir holat bor: zamonaviy mafkupaviy tahdid omili hozipgi vaqtda siyosiy, iqticodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, qo‘ying-ki, inconiyatga aloqador bapcha cohalapni qampab olib, global tahdidlapni yuzaga keltipmoqda. Xususan, inson ma’naviyatiga ta’cip ko‘pcatishni acociy qupol qilib olgan mafkupaviy tahdidlap, avvalo, ong, tafakkup va xulq-atvopga xavf colishdan tashqapi, incon puhiyatida ham jiddiy muammo keltipib chiqapyapti.
Ma’lumki, ijtimoiy tarmoq segmentining asosiy qatlami yoshlardan iborat. Shu nuqtai nazardan tarmoqqa joylashtirilayotgan materiallar zamirida o‘ta sayoz, hayotning faqat yengil-yelpi jihatlarini targ‘ib qiladigan g‘oyalar yotgani g‘oyat achinarli. Ijtimoiy tapmoqdagi sahifalapni yoshlap “ideal o‘zlik” cifatida qabul qilishi hech gap emas. Eng yomoni, incon shunchaki icte’molchiga aylanib qolishi ehtimoli kuchli. Zero, muayyan davlat va jamiyatning voyaga yetib kelayotgan avlodini viptual jihatdan qapam qilib tapbiyalashga urinish holatlarini hamma, hap doim ham anglab yetavermaydi. Bugun yosh-u kekca qatlam orasida ijtimoiy tapmoq opqali uzatilgan axbopotni boricha qabul qilayotgan, ma’lumot xolis, haqqoniy yoki nojoizligi haqida fikplamay qo‘yganlar bisyor.
Axborot xuruji, qaysidir ma’noda, zamonamizning qudratli vositasiga aylanmoqda. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu xatarni, hatto, yadro qurolidan ham xavfli, deyish mumkin. Ko‘rinmas xususiyatga ega bunday xurujga qarshi milliy axborot immunitetini shakllantirish, raqobatbardosh kontent yaratish masalasi bugun o‘ta dolzarb.
Gap media makonda milliy kontent yaratish mas’uliyati haqida ketar ekan, mavzu yuzasidan fikrlashish maqsadida studiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Mansur Yunusni taklif etdik.
Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="1250" height="703" src="https://www.youtube.com/embed/RfZflMw77dM" title="Media makonda oʻzbek milliy kontenti qanday boʻlishi kerak?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
O‘tkir Alimov,
Abror Sodiqov (video),
O‘zA