English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marhamat tumanida yangi tut plantatsiyasi barpo etilmoqda
13:28 / 2023-03-29

Ma’lumki, pillachilikda ozuqa baza mustahkam bo‘lsa, shundagina hosildorlik ortib, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Shunga ko‘ra, respublikamiz bo‘ylab tut plantatsiyalari barpo etilmoqda.

Xususan, Andijon viloyatida qayta ishlashga berilgan jami 5 ming 71 gektar maydonda tutzor tashkil qilish rejalashtirilgan.

Tutzorlarning 720 gektari Marhamat tumani ulushiga to‘g‘ri keladi. Ayni kunlarda pillachilik klasterlari tomonidan tumanning Y.Oxunboboyev massivi adirliklarida yangi tut ko‘chatlari plantatsiyalarini barpo etish ishlari boshlandi. Adirlikning 100 gektariga 500 ming tupdan ziyod ozuqabop tut ko‘chatlari ekildi.  

Tutzorlarni kengaytirish ipak qurti ozuqa bazasini hamda pillani qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bilan muntazam ta’minlash borasidagi imkoniyatlarni yanada oshiradi.  

 

O‘zA