English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab o‘quvchilari qobiliyati va tanlovi asosida o‘qitiladi
17:37 / 2023-10-05

Andijonda umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish hamda o‘quvchilar bilimini baholash tizimining yangi tartibini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan respublikamizdagi qator maktablarda umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish hamda o‘quvchilar bilimini baholash tizimining yangi tartibini joriy etish bo‘yicha tajriba sinov tariqasida ishlar olib borilmoqda.  

[gallery-13876]

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida  o‘tkazilgan o‘quv- seminarda yangi tizimni joriy etish bo‘yicha tajriba sinov jarayonlari olib borilayotgan ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.  

Ishtirokchilarga vazirlikning Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi rahbari o‘rinbosari Iroda Saibova, markaz bosh mutaxassisi Farhodbek Norqobilov tomonidan tizimning afzalliklari, o‘ziga xos jihatlari, ana shu yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan zarur ma’lumotlar, taklif va tavsiyalar berildi.  

 

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (surat),  

O‘zA  muxbirlari.