English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulotlar bozori oldindan tayin
13:22 / 2023-02-03

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi Davlatobod tumanidagi “Fazman tekstil” korxonasidan boshlandi.

Davlatimiz rahbari har doim mahsulot chiqarishdan oldin bozorini topish, jahon brendlarini olib kelish zarurligini taʼkidlaydi. Xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti natijasida Namangan viloyatida “Waikiki”, “Baldessarini”, “ZARA” kabi brendlar ostida kiyimlar ishlab chiqarilmoqda.

Yaqinda ochilgan “Fazman tekstil”da ham ish shundan boshlandi - Germaniyaning dunyoga mashhur “Digel” va “Carl Gross” brendlari bilan hamkorlik oʻrnatildi.

Loyiha qiymati 20 million dollar boʻlib, buning hisobidan ulkan inshoot barpo etildi, Germaniya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar olib kelindi. Mingga yaqin ish oʻrni yaratildi.

Korxona yiliga 1 million dona kostyum-shim ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ular brend talablariga mosligi bois xushbichim va yuqori sifatli. Joriy yilning oʻzida 15 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari ish jarayonini koʻzdan kechirdi. Mahsulotlar sifati va eksport salohiyatini yuqori baholadi.

Korxonada yoshlarga ish oʻrgatish uchun oʻquv markazi ham tashkil etilgan. Prezidentimiz ana shu yoshlar bilan birgalikda suratga tushdi.