English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDRda Koreya xalq armiyasiga asos solinganiga 75 yil to‘lishi munosabati bilan parad bo‘lib o‘tdi
12:04 / 2023-02-09

Chorshanba kuni tunda bo‘lib o‘tgan paradda qit’alararo ballistik raketalar hamda taktik yadroviy bo‘linmalar karvoni ishtirok etdi, deb yozmoqda Ryonxap agentligi yo‘ldosh orqali olingan rasmlarga tayanib.

Amerikaning Maxar Technologies  firmasi tomonidan olingan ushbu suratlarda Shimoliy Koreya qator ballistik raketalar, jumladan, "Xvason-17" qit’alararo ballistik raketani namoyish qilgani tasvirlangan. Ushbu raketalardan iborat karvon ikki qator bo‘lib maydondan olib o‘tilgan.  

Xabarda ta’kidlanishicha, raketalarning bir qismini aniqlash qiyin bo‘lmoqda. Bu KXDR paradda yangi qurollarini, jumladan, qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan ballistik raketalarni olib o‘tgan, degan fikr uyg‘otadi.

Mamlakat yetakchisi Kim Chen In paradni kuzatib turgan, lekin ma’ruza o‘qimagan. Shuningdek, xabarda paradda Kim Chen Inning qizi ham hozir bo‘lgani aytilmoqda.