English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KXDR uchirgan raketa AQSH hududigacha yetib borishi mumkin
10:37 / 2022-11-18

“Shimoliy Koreya uchirgan qit’alararo ballistik raketa oddiy trayektoriya bo‘yicha parvoz qilsa, 15 ming kilometr masofani bosib o‘tishi va AQSH hududiga yetib borishi mumkin”, dedi Yaponiya mudofaa vaziri Yasukadzu Xamada matbuot anjumanida.

"Biz hozircha tafsilotlarini tahlil qilmoqdamiz, parvoz 69 daqiqa davom etgan. Agar bugun Shimoliy Koreya uchirgan qit’alararo ballistik raketasining parvoz trayektoriyasini hisoblab chiqadigan bo‘lsak, uning parvoz masofasi  15 ming kilometrdan oshadi, ya’ni u  AQSH hududigacha yetib boradi", – dedi vazir.  

Shimoliy Koreya bugun tongda sharqiy yo‘nalish bo‘ylab qit’alararo ballistik  raketa uchirdi. Raketa Yaponiyaning iqtisodiy hududi hisoblangan Xokayda oroli yaqinidagi Osima oroliga  200 kilometr qolganda dengizga  tushgan.  

KXDR yil boshidan buyon 34 marta raketa uchirdi. Ularning yarmi 25 sentyabrdan keyingi davrga to‘g‘ri keladi.