English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kursantlar “Eng yaxshi saf qo‘shig‘i” ko‘rik-tanlovida bellashdi
16:31 / 2023-09-26

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida kursantlar o‘rtasida “Eng yaxshi saf qo‘shig‘i” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati negizida ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom, vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadi mujassam.

Ko‘rik-tanlovda ijro etilgan saf qo‘shiqlari jarangdor kuylanishi, ifodali aytilishi, sinxronligi va saf nizomi talablariga rioya etilishi bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan 10 balli tizimda baholandi.

Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni 2-kursantlar bataloni shaxsiy tarkibi, ikkinchi o‘rinni 1-kursantlar bataloni shaxsiy tarkibi, uchinchi o‘rinni esa 4-kursantlar bataloni hamda qo‘riqlash va o‘quv jarayonini ta’minlash bataloni shaxsiy tarkibi egalladi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA