English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurash murabbiylarining malakasi oshirildi
11:39 / 2023-03-19

Xabar berganimizdek, Toshkentda 20 ga yaqin davlatning 40 nafarga yaqin kurash murabbiylari ishtirokida “Xalqaro murabbiylik seminari”ning birinchi bosqichi o‘tkazildi.

O‘n kun mobaynida o‘tkazilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda milliy sportimiz targ‘ibotchilariga tajribali mutaxassislar, o‘qituvchilar, kurash nazariyasi bilimdonlari, shuningdek, jahon chempionlari kurash sport turining 7 usuli va 56 ta texnikalar jamlanmasi, milliy sportimizning tarixi, uning nazariy va ilmiy asoslari bo‘yicha saboq berishdi.

O‘quv-mashg‘ulotlar yakunida seminar ishtirokchilari olgan bilimlarini kurash gilamida namoyish etishdi hamda imtihondan o‘tgan murabbiylarga Xalqaro kurash institutining “V” sertifikati topshirildi, deyiladi Xalqaro kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabarida.

T. Ro‘ziyev, O‘zA.