English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonaning ikkinchi bosqichida ish o‘rni 3 mingtaga yetadi
11:21 / 2023-02-08

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlaobod tumanida faoliyat yuritayotgan “Fazman textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 500 kishining ish bilan bandligi ta’minlangan.

–  Korxonaning umumiy loyiha qiymati 40 million AQSH dollari bo‘lib, hozirgi kungacha 20 million AQSH dollari o‘zlashtirildi, - deydi korxona rahbari tadbirkor Tohir Jo‘rayev. – Uskunalarni montaj qilish ishlari esa davom etmoqda. Birinchi bosqichning o‘zida yaratilgan ish o‘rinlarini mingtaga, ikkinchi bosqichda esa 3 mingtaga yetkazish niyatidamiz.

[gallery-10449]

So‘nggi yillarda viloyatda o‘nlab yirik va kichik sanoat korxonalari bunyod etildi. Hech shubhasiz, Namangan O‘zbekiston yengil sanoatining poytaxtiga aylandi. Bugun Yevropa mamlakatlaridagi bozorlarda eng mashhur brendlar qatorida Namanganda tikilgan mahsulotlar sotilayotgani quvonarli.  

Germaniyaning “Carl Gross”, “Digel” kabi kompaniyalari erkaklar kostyum shimi va nimchalari uchun bir yillik quvvatga yetarli buyurtma bergan. Ularga va boshqa Yevropaning eng talabchan xaridorlariga yangi-yangi modellarda tikilgan mahsulotlar eksport qilinmoqda

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA