English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohotlar: xalqaro ekspertlar nima deydi?
16:51 / 2022-09-29

Avval xabar berilganidek, poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida “Konstitutsiyaviy islohotlarda jamoatchilik ishtiroki: milliy va xalqaro tajriba”mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda itirok etgan xalqaro tashkilotlar vakillari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jumladan Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Roli Astxana, BMTning O‘zbekistondagi doimiy kordinatori:

— O‘zbekiston oxirgi yillarda huquqiy islohotlarni amalga oshirishda kata qadamlar qo‘ydi. Ulkan ishlarni amalga oshirdi. Ijtimoiy-siyosiy islohotlar ham shular jumlasidandir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Umid qilamizki, islohotlar inklyuziv bo‘ladi, hamma qatlamlar ishtirok etadi.

Sharlotta Adrian, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi:

— Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu borada juda katta ishlar olib borilmoqda. Buni e’tirof etamiz. Siyosiy-ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlarga hayrixohlik bilan qaraymiz. Islohotlarda sadoqatni ko‘ryapmiz, demokratik o‘zgarishlarga intilishni kuzatib turibmiz. Konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz va bundan keyin ham yordam berishga tayyormiz. Islohotlarda hech kim chetda qolmasligi muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda Konstitutsiyaviy islohotlarda jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilgani muhim. Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar samarali bo‘lishi uchun keng jamoatchilik ishtirok etishi, fuqarolar xabardor bo‘lishi, jarayonlar ochiq va shaffof kechishi, takliflar inobatga olinishi kerak.

bugungi kunda O‘rta Osiyo davlatlarida insonparvarlik tamoyillari ustuvorlik kasb etmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham demokratik islohotlar qizg‘in ketmoqda. Bu jarayonlarda oddiy fuqaroning ishtiroki muhim.

Munir Mamedzade, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakili:

— O‘zbekistonda huquqiy islohotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaat va huquqlarini ta’minlovchi normalar takomillashtirilmoqda. Xususan, qonun ijodkorligida bu borada sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar, bolalar mehnatidan foydalanishning taqiqlangani e’tiborga molik. Bular Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ham o‘z aksini topgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qiluvchi normalar bundan keyin ham maromiga yetkazib boriladi, deb o‘ylaymiz.

Muhtarama Komilova, Almurat Mamadaminov (surat), O‘zA