English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohotlar inson sha’ni va qadr-qimmati uchun
17:55 / 2023-04-04

Toshkent tibbiyot akademiyasida «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi hamkorligida "Konstitutsiyaviy islohotlar inson sha’ni va qadr-qimmati uchun" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, amaldagi Konstitutsiyamiz 30 yil davomida erishgan yutuqlarimizga mustahkam kafolat va poydevor bo‘ldi. Bugun O‘zbekiston yangi qadamlar bilan mutlaq yangi kelajakka yuzlanyapti. Demakki, mamlakatimiz ertasi uchun yangi qonuniy asoslar zarur. Yangilanayotgan Konstitutsiyaga xuddi shunday hayotbaxsh qonunlar kiritilyapti. Uning qabul qilinishi va hayotga tatbiq etilishida har birimizdan siyosiy faollik va fuqarolik pozitsiyasi talab etiladi.  

Davra suhbatida ana shular haqida so‘z yuritildi. Talaba-yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

O‘zA