English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyada yoshlar huquq-manfaatlari yanada mustahkamlanmoqda
17:13 / 2023-04-04

O‘zbekiston «Adolat» SDP Markaziy apparati hamda partiyaning Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini qo‘llab-quvvatlash va referendumga munosib tayyorgarlik ko‘rish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish maqsadida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov ishtirok etib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.    

— Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda birgina yoshlarning huquq va erkinliklarining kafolatlanishi borasidagi normalar soni ikki baravarga oshmoqda. Xususan, unda kiritilayotgan konseptual o‘zgarishlar qatorida jamiyatning yarmidan ko‘pini tashkil qiladigan yoshlarga munosib hayot sharoiti yaratish, barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar yanada mustahkamlanmoqda. Bundan tashqari, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilayotganligi yoshlar huquq-manfaatlari ta’minlanishida muhim ahamiyatga ega, — dedi partiya yetakchisi.  

Tadbir ishtirokchilari ham bu borada o‘z fikrlarini, munosabatini bildirdi. Shuningdek, 30 aprel kuni o‘tkaziladigan referendumda faol ishtirok etish bo‘yicha mulohazalar o‘rtaga tashlandi.    

M.Komilova, O‘zA