English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya o‘zimizniki
10:10 / 2023-03-19

Asakadagi “Uzavto Motors” aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan shou ana shunday nomlandi.

Ma’lumki, joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tegishli qarorlariga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi o‘tkaziladi.  

“Uzavto Motors” aksiyadorlik jamiyati ma’muriyati tashabbusi bilan referendum targ‘ibotiga bag‘ishlab o‘tkazilgan shouda taniqli san’atkorlar, shou-biznes yulduzlari, jamiyat ishchi-xizmatchilari ishtirok etdi.  

Shou jarayonida Vatanimiz taqdiri va ravnaqi, inson qadri, yurtdoshlarimiz haq-huquqlari himoyasini o‘zida mujassam etgan Yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, mazkur hujjatning ahamiyati, muhim jihatlari haqida ma’lumotlar berildi. 

 O‘ziga xos dekoratsiya, ona yurt, inson qadri va qomusimizni madh etuvchi sho‘x va rang-barang qo‘shiqlar shou ishtirokchilarida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Shouda O‘zbekistonimizning porloq kelajagini ta’minlashga huquqiy asos bo‘ladigan Konstitutsiyaviy qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligi ta’kidlandi.

F.  UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA