Konstitutsiya – mening taqdirimda

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Davlat bojxona qo‘mitasida videokonferens aloqa orqali tashkil etilgan bayramda qo‘mita raisi A.Mavlonov ishtirokchilarga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi, sohada xizmat qilayotgan xodimlarni samimiy muborakbod etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari o‘z egalariga topshirildi.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasiga biriktirilgan Guliston shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – mening taqdirimda” shiori ostida o‘tkazilgan tanlov g‘olibiga “Yosh bojxonachi” ko‘krak nishoni va faol ishtirokchilarga kitoblar to‘plami topshirildi.
Sh.Suyarov, O‘zA