English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kongress AQSHning 2023 yilgi mudofaa byudjetini tasdiqladi
10:07 / 2022-12-16

AQSH Senati Vakillar palatasidan keyin Qo‘shma Shtatlarning 2023 yil uchun mudofaa byudjetini tasdiqladi. 100 nafar Senat a’zosidan 79 loyihani yoqlab ovoz berdi. Bu haqda Kongress matbuot xizmati xabarida aytiladi.

Bayonotda “mudofaa byudjeti ajratmalari o‘tgan yilgi 778 milliard dollardan 847,3 dollarga ko‘tarildi”, deyiladi.

Bu mablag‘larning 10 milliard dollari Tayvanga, 800 million dollari Ukrainaga  harbiy yordam uchun beriladi.  

Ko‘p sahifalik hujjat, shuningdek, Rossiyani bir qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, “G20” a’zoligidan chiqarish, Moskva bilan oltin va valyuta operatsiyalarida ishtirok etganlik uchun sanksiyalar qo‘llashni ko‘zda tutadi.  

Bundan tashqari, Rossiya tomoni bilan raketaga qarshi himoya bo‘yicha ma’lumotlar almashish ta’qiqlanadi.  

 

O‘zA