English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konferensiyada ishtirokchilar “Samarqand deklaratsiyasi”ning ahamiyatiga yuqori baho bermoqda
14:51 / 2022-09-29

“Samarqand deklaratsiyasi” beqarorlik va noaniqlik ortib borayotgan bir sharoitda rivojlanishning aniq yo‘nalishlarini belgilab beradi”. Xitoy jamoatchilik fanlari akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo institutining Markaziy Osiyo tadqiqotlari bo‘limi rahbari Chjan Nin Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan SHHT ning Samaqand sammiti yakunlariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda, jumladan, shu fikrni ham aytdi.

Chjan Nin ta’kidlashicha, sammitda qabul qilingan “Samarqand deklaratsiyasi”da SHHTning xalqaro siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik, gumanitar, shuningdek xalqaro tartib va barqaror rivojlanish konsepsiyasi kabi qator masalalar bo‘yicha har tomonlama yondashuvi aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo instituti, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti va SHHT ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilib, unda SHHT ga a’zo davlatlar, shuningdek, ko‘plab horijiy mamlakatlar, jumladan, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya Vengriya tahliliy markazlaridan 30 dan ortiq vakil ishtirok etmoqda.

N.Haydarov (surat),O‘zA