English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitob bilim o‘chog‘i
10:06 / 2022-11-02

Jizzax viloyati Yangiobod tumanida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Kitobxonlik festivali” o‘tkazildi.

Tanlov 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifasidagi o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida  o‘tkazildi. Tadbir yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni 10-14 yoshlilar bo‘yicha tumandagi 12-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Nilufar Nurmamatova, 15-19 yoshdagi ishtirokchilar orasida 1-sonli maktab o‘quvchisi Sadoqat Abdurasulova hamda 20-30 yoshlilar o‘rtasida 13-maktab o‘quvchisi Shohsanam Musurmonova egallab, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.  

“Kitobxonlik festivali” doirasida kitobxonlik tanlovlarining quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, faol kutubxonachilar hamda “Kitobxon oila”lar  taqdirlandi.

Xususan, “Kitobxonlik festivali” doirasida o‘tkazilgan “Kitobxon oila” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etgan Beknazar Toshboyevlar oilasiga tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari berildi.

Tadbirda “Yilning eng iste’dodli yosh shoiri” ko‘rik-tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallagan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Bekzodbek Suvonqulov ham 1-darajali diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA