English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keng qamrovli loyihalar to‘g‘risida fikr almashildi
09:12 / 2024-06-22

UNICEF ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio va Termizdagi hududiy vakolatxonasi boshlig‘i Eradj Kaniyev Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi viloyat bo‘limi, “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi rahbarlari bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida  ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi viloyat bo‘limi, “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi istiqboldagi rejalarni muhokama etib, vohada ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar uchun keng qamrovli loyihalarni amalga oshirish xususida so‘z yuritildi. Bolalarni ijtimoiy himoya qilishni qo‘llab-quvvatlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, ta’lim tizimini takomillashtirish, sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan munosabatlarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. O‘zaro hamkorlikda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xolmo‘min  Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri