English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karl III ning Fransiyaga tashrifi dasturiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda
11:19 / 2023-03-24

Buyuk Britaniya Qiroli Karl III ning Fransiyaga birinchi davlat tashrifi dasturiga Beshinchi respublikada davom etayotgan pensiya islohotiga qarshi ish tashlashlar tufayli o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda “BFM” telekanali xabar berdi.

Telekanalning aniqlik kiritishicha, xususan, namoyishlar sababli Versalda 27 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalangan Karl III va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning oqshom ziyofati qoldirilishi mumkin.

“BFM” ma’lumotlariga ko‘ra, rasmiylar kechki ovqat uchun muqobil joylarni ko‘rib chiqmoqda. Tashrif doirasida Karl III ning Triumfal arkadagi Abadiy alanga yonidagi marosimda ishtirok etishi, shuningdek, Orse muzeyiga borishi mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, Britaniya monarxining Bordoga poyezdda jo‘nab ketishidan oldin davlat ziyofati rejalangan, deb xabar berdi telekanal.

“BFM” ta’kidlashicha, tashrif dasturining har bir bandi muhim, ular politsiya kuchlari bilan kelishilmoqda. Qirol Karl III ning tashrifi 26-29 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Qirol III xuddi onasi, marhum Yelizaveta II ning Parijga tashrifi chog‘ida bo‘lgani kabi Britaniyaning Parijdagi elchixonasida to‘xtashi mumkin.

 

O‘zA