Kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori (№492-son, 22.09.2023 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni hrm.argos.uz elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra:
2023 yil 1 noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar elektron platformada (hrm.argos.uz) shakllantiriladi va yuritiladi.
Kadrlarga oid ma’lumot va hujjatlar quyidagi tizimlarga avtomatik yuboriladi:
- davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari, qo‘shimcha bitimlar, vakant ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
- YAMMT (my.mehnat.uz)ga;
- qabul qilingan ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun edo.ijro.uz axborot tizimiga;
- xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun zarur ma’lumotlar UzASBO dasturiy majmuasiga.
O‘zA