
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyat Transport boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz muhandislik-texnologiya institutida “Respublikamizning janubiy hududlarida qishloq va suv xo‘jaligiga innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy etish istiqbollari” mavzuida media tur tashkil etildi. Unda oliygohning professor-o‘qituvchilari, talabalar, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Media tur oliy ta’lim bilan ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash hamda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha talabalarning bilim va ko‘nikmasini oshirish maqsadiga qaratildi.
[gallery-9982]
Viloyat Transport boshqarmasi mas’ullari tomonidan tayanch oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash shuningdek, logistika tizimidagi yangiliklarni tezkor yetkazish maqsadida kelgusida bu kabi amaliy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar “Termiz-Kargo-markaz” faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, ularga bugungi kunda logistika markazlari orqali xalqaro yuk tashish, eksport, import mahsulotlarining jo‘natilishi va qabul qilish jarayonlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA