FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, poytaxtimizda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida soha xodimlari o‘rtasida voleybol hamda badminton bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Bugun, musobaqaning ikkinchi kunida jurnalist ayollardan tarkib topgan jamoalar voleybol bo‘yicha o‘zaro bahs olib bordi.
[gallery-17929]
- Biz, jurnalistlar ushbu musobaqa sabab, biroz bo‘lsada ishdan, kompyuterdan chalg‘ib sport bilan shug‘ullandik, - deydi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Nigora Rahmonova. - Yanada sog‘lom bo‘lishimiz hamda fikrlarimizni charxlash va bir joyga jamlashda sportning o‘rni beqiyos. Shu bois, barcha hamkasblarimni sport bilan shug‘ullanishga chorlayman.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda qalam ahli nafaqat ijodda, balki, sportda ham tengsiz ekanligini namoyon etdi.
Kamola Yusupova, Muhammad Amin (surat), O‘zA