English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda kompetensiyalar modeli ishlab chiqilmoqda
09:57 / 2023-03-19

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimlari tomonidan Jizzax viloyatida kompetensiyalar modelini ishlab chiqish maqsadida tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilari o‘rtasida psixologik metodika asosida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur kompetensiyalar modeli kelgusida davlat fuqarolik xizmatida vakant lavozimlarni munosib kadrlar bilan to‘ldirish, ularni malakasini oshirish hamda rahbarlik lavozimlari uchun kadrlar zaxirasini yaratishda qo‘llaniladi.

Modelning yaratilishi lavozim malaka talablarini puxta ishlab chiqish, vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlab olishda shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarni hisobga olgan holda eng munosib va mos bo‘lgan nomzodni tanlash, turli darajadagi rahbarlik lavozimlari uchun salohiyatli kadrlarni seleksiya qilishning samarali mexanizmlarini qo‘llash imkoniyatini beradi.

Davlat xizmatchilari o‘rtasida psixologik metodika asosida o‘rganish ishlari boshqa hududlarda ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

A.QAYUMOV, O‘zA