English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:23 / 2022-12-08

Forish tumani tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman kengashi, tibbiyot birlashmasi, tuman ma’naviyat markazi hamkorligida “Donorlik aksiya”si tashkil etildi.

Xayrli aksiyalarni o‘tkazishda hamkor tashkilot sifatida doimo faollik ko‘rsatib kelayotgan tuman tibbiyot birlashmasiga O‘zbekiston “Adolat” SDP Markaziy kengashining tashakkurnomasi va tuman ma’naviyat markazining kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Jizzax politexnika instituti jamoasi tomonidan buyuk qozoq shoiri, mumtoz adabiyotining asoschisi Abay Qo‘nonboyev tavalludining 177 yilligi munosabati bilan “Buyuk siymolarga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Jizzax shahar adliya, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlari vakillari, institutning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Badiiy qismda kafedra qoshidagi “Notiqlik san’ati” to‘garagi a’zolaridan iborat talabalar o‘z iqtidorlarini namoyish etdi. Unda Abay qalamiga mansub she’rlar, nasihatlar o‘qildi, qo‘shiqlar ijro etildi.

Baxmalda qalin qor bo‘lishiga qaramay, eng olis hududlardagi qishloq aholisiga suyultirilgan maishiy gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.

35-40 kunga mo‘ljallab yetkazib berilayotgan gaz ballonlari yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramini o‘tkazishda qulaylik yaratadi.  

Jizzax viloyat sudida mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.  

Unda tizimda mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar davlatimiz rahbarining 2022 yil 8 noyabrdagi farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Yangiobod  tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Akmal Suyunov 4-sektor hududiga kiruvchi “Sarmich” mahallasida MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli bilan uchrashdi.

Havo haroratining keskin sovib ketganligi sababli sektor hududidagi ijtimoiy-himoyaga muhtoj xonadonlarning shart-sharoitlari o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA