English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jizzax shahar FK” jamoasi tuhfasi
13:29 / 2022-12-15

Buxoro shahri mezbonlik qilgan havaskor va yarim professional futbol klublari o‘rtasida “Birinchi ligaga o‘tish turniri” nihoyasiga yetdi.

Ushbu turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 14 jamoa joriy yil 4-14 dekabr kunlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining I ligasiga beriladigan 3 ta yo‘llanma uchun bahs olib bordi.

Buxorodagi futbol maydonlarida o‘tgan 10 kunlik bahslar davomida 1-o‘rinni maydon egalari – “Nurafshon” jamoasi egallagan bo‘lsa, ikkinchi yo‘llanma Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrining “Sementchi” klubiga nasib etdi.

3-yo‘llanma uchun kechgan hal qiluvchi bahsda Jizzax shahrining “Jizzax shahar FK” jamoasi, Sirdaryo viloyatining “Guliston-2022” klubiga qarshi maydonga chiqib, qo‘shni viloyat vakillari ustidan 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

– Barcha imkoniyatlarni yaratib bergan, har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan va bizni g‘alabamiz uchun ulkan motivatsiya berganlarga minnatdorchilik bildiraman, – deydi “Jizzax shahar FK” jamoasi bosh murabbiyi Sunnatilla Yakubov. – Biz ishonchni oqlab, 14 ta jamoa o‘rtasida I ligaga beriladigan 3 ta yo‘llanmadan bittasini qo‘lga kiritdik va bundan juda xursandmiz.  

Kelgusi 2023 yil futbol mavsumida O‘zbekiston chempionati I ligasida Jizzax shahri sharafini “Jizzax shahar FK” himoya qiladi.

 

A.Qayumov, O‘zA