English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoyat ishi muhokamasi
14:03 / 2022-09-29

Oliy Majlis Senatining 2022 yil 5 avgustdagi qaroriga muvofiq, oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida sodir etilayotgan har bir og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni tahlil qilish, shu asosda ularni bartaraf etish va kelgusida oldini olishga doir masala parlament yuqori palatasi yalpi majlisda muhokama qilinadi.

Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Samarqand viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Ishchi guruh a’zolari oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni mahallalarda mas’ullar ishtirokida muhokama qilmoqda. 

 Ana shunday tadbir Toyloq tumanidagi G‘o‘lba mahallasida tashkil etildi. Unda Senatning ishchi guruhi a’zolari hamda viloyat, tuman tashkilotlari rahbarlari, sektor va hokimlik mas’ullar qatnashdi. Tadbirda mazkur mahallada joriy yilning iyul oyida er-xotin o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida sodir etilgan jinoyat ishi muhokama etildi. Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Q.Burxonov, qo‘mita raisi o‘rinbosari T.Madumarov hamda viloyat, tuman mas’ullari jinoyat sodir etgan fuqaro qonun oldida javob berishi, bu kabi oilaviy janjallarning oldini olishda mahalla faollari va oqsoqollari jonbozlik ko‘rsatishlari, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, aholi o‘rtasida o‘zaro hurmat va ahillikni mustahkamlash kerakligini ta’kidladilar. 

Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyat sifatida ko‘rilayotgan holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Muloqotlarda jinoyatni yuzaga keltirgan sabab va shart-sharoitlar o‘rganilib, tegishli takliflar tayyorlandi. 

 

G‘.Hasanov,  O‘zA