English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jasur yoshlarga ajratilgan yerdan unumli foydalandi (+video)
20:32 / 2024-08-23

Bugungi kunda yer olib o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan yoshlarimiz soni tobora ortib bormoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 5 apreldagi «Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, ishsiz yoshlarga yer maydonlari ajratib berilayotgani ortidan nafaqat bir yoshning, balki bir oilaning bandligi va daromadi ta’minlanmoqda. 

Xususan, qarorga asosan Samarqand viloyatidagi 20 mingdan ziyod yoshga 7 ming gektar yer maydoni ochiq savdolar orqali 30 yilga ijara asosida ajratildi. 

Jomboy tumani Nayman mahallasida yashovchi Jasur Xushvaqtov ham ushbu imkoniyatdan samarali foydalandi. 

U turmush o‘rtog‘i Farangiz Rahmatova bilan mahallasi hududidan har ikkisi uchun 30 sotixdan 60 sotix yer maydonini auksion orqali ijaraga oldi va hozirda yerdan yaxshigina daromad olmoqda. 

Qahramonimiz bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning You Tube саҳифасида ko‘rishingiz mumkin. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lf6VpDTfa7Q" title="Jasur yoshlarga ajratilgan yerdan unumli foydalandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, O‘zA