English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreyaning bayonot berishicha, KXDRning yadroviy dasturi bor ekan Janubdan “bir chaqa” ham ololmaydi
12:50 / 2023-03-29

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning bayonot berishicha, KXDR yadro quroliga ega bo‘lishga urinayotgan ekan, bu mamlakatga moliyaviy yoki iqtisodiy yordam bermaslik kerak, deb yozmoqda Yonhap agentligi prezident ofisi bergan ma’lumotga tayanib.

“Pul berishni to‘xtatish kerak, Shimoliy Koreya yadro dasturini davom ettirar ekan, bir chaqa ham ololmasligini tushinsin”, - degan Yun Sok Yol. Agentlikning aniqlik kiritishicha, u ikki mamlakatni birlashtirish bo‘yicha vazirlikka shunday ko‘rsatma bergan.  

Prezident ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Yun Sok Yolning izohi gumanitar yordamga tegishli emas.  

“Birlashtirish vazirligi hozirgacha bir necha bor gumanitar yordam tamoyili o‘zgarmasdan qolishini ma’lum qilgan”, - degan prezident ofisi vakili.  

Dushanba kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi KXDR yetakchisi Kim Chen In yadro qurolini yaratish uchun zarur bo‘lgan yadro materiallarini ishlab chiqarishni kuchaytirishga ko‘rsatma berdi, deb xabar tarqatgan edi.