English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya Prezidenti Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashuvga qarshi emasligini aytdi
10:32 / 2023-01-02

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol KXDR yetakchisi Kim Chen I bilan uchrashuvga qarshi emasligini, biroq muzokaralar nafaqat namoyish qilish uchungina o‘tkazilmasligi, undan amaliy natijalar chiqishi zarurligini aytdi.

“Sammitdan voz kechish uchun mutlaqo asos yo‘q”.

"Jozeon Ilbo" gazetasiga bergan intervyusida “faqat xalq shov-shuvli muzokaralardan biroz charchagan bo‘lsa kerak”, dedi.

Janubiy Koreyaning sobiq yetakchisi Mun Chje In bir necha bor Kim Chen I bilan ko‘rishgan edi.

“Avvalo biz gumanitar masalalardan boshlashimiz, janub va shimol o‘rtasidagi aloqa va muloqot uchun eshik ochishimiz kerak. Muayyan darajada muhokamalar o‘tkazishni, yo‘nalishni belgilab olishimiz kerak”, dedi Yun Sok Yol.

O‘zA