Jahon chempionatini 4 ta medal bilan yakunladik

Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2 tadan kumush va bronza, jami 4 ta medalni qo‘lga kiritdi. Umidli sportchilarimizning ushbu g‘alabasi bardavom bo‘lishiga va kelgusida kattalar o‘rtasida jahon va qit’a chempionatlari, Olimpiya hamda Osiyo chempionatlarida yanada yuqori bo‘lishiga ishonamiz.
Ma’lumot uchun o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Marjona Xudoyqulova, Nazarali Nazarov kumush medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Gulshanoy Ismoilova hamda Muzaffar Sadriddinov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zA