Italiya 2023 yilda ham Ukrainaga qurol yetkazib beradi

Italiya parlamenti yuqori palatasi - Senat hukumat tomonidan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish muddatini 2023 yil oxirigacha uzaytirish to‘g‘risida taqdim etilgan rezolyutsiyani ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi.
«La Repubblica» nashri ma’lumotiga ko‘ra, Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto taqdim etgan hujjatni 143 senator qo‘llab-quvvatlagan, 29 nafar noib qarshi ovoz bergan, bir kishi betaraf qolgan.
Shuningdek, Italiya Senati a’zolari taxminan bir xil ovoz bilan muxolifat Demokratik partiya va Harakat blogining Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishga chaqiruvchi ikki rezolyutsiyasini ham qo‘llab-quvvatladi.
O‘zA