English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Issiqlik manbai” korxonasi xodimlarining ish haqi undirib berildi
17:45 / 2023-01-01

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ish yurituvidagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi hujjatlar ijrosini ta’minlash doimiy nazorat olingan. Aynan bunday tusdagi hujjatlar ijrosi doirasida kunlik harakatlari olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish korxonasida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan yuzaga kelgan qarzdorlikni undirib berish fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining buyrug‘ida ko‘rsatib o‘tilgan. Byuroning Davlatobod tumani bo‘limi ish yurituvga kelib tushgan ushbu hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli ijro harakatlari olib borilgan. Natijada, salkam 123 million so‘m ish haqidan qarzdorlik undirib berildi.  

Masalan, fuqaro U. A. ga 6 million 357 ming 467 so‘m ish haqini undirib berish ko‘rsatib o‘tilgan. Davlat ijrochi tomonidan olib borilgan harakatlar davomida ish haqi qarzdorligi da’vogarga undirib berilishi ta’minlandi. MIB bo‘limlari tomonidan ish haqlarini undirib berish bilan bog‘liq ijro harakatlari davom etmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida, MIB Namangan viloyati boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlarida 2022 yilning o‘tgan 11 oyida jami 11,3 milliard so‘mlik ish haqi undirib berish bilan bog‘liq hujjatlari mavjud bo‘lib, olib borilgan ijro harakatlari davomida 8 milliard so‘m ish haqi undirib berilishi ta’minlandi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA