Islamov O‘tkurjon Hosiljonovichning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risida

«O‘zbek nutq madaniyatining tarixiy ildizlari va shakllanishi» mavzusida
Islamov O‘tkurjon Hosiljonovichning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha «O‘zbek nutq madaniyatining tarixiy ildizlari va shakllanishi» mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan doktorlik dissertatsiyasi himoyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 13 yanvar soat 14.00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz tor ko‘chasi, 5-uy.
Tel.: (99871) 233-71-44