English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Inson qadri uchun” tamoyili asosida
16:25 / 2022-12-08

Farg‘ona viloyat sudida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat sudi raisi Shuhrat Kamolov barchani ulug‘ ayyom  bilan qutlab, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan davlat siyosati Konstitutsiya va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, uning hayoti, daxlsizligi, qadr-qimmatini himoya qilishning samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilganini qayd etdi.

[gallery-9912]

Joriy yil 8 noyabrda Prezidentimiz Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoniga Farg‘ona viloyatida 25 nafar sudya va sud xodimi ham sazovor bo‘ldi. Tadbirda esdalik nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA