Hujjatlarda ko‘rsatilmagan patronlar

Navoiy viloyati Bojxona boshqarmasi “Navoiy aeroporti” chegara bojxona posti Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida Turkiya davlatidan invoys asosida olib kelingan umumiy qiymati 16 ming 223 AQSH dollariga teng bo‘lgan ov patroni hamda bo‘sh gilza tovarlari bojxona rejimiga taqdim qilingan bojxona yuk deklaratsiyasi va unga ilova qilingan hujjatlar asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Hujjatlarda tovarlar 65 ming dona ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ko‘rik davomida ov patronlari 1000 dona ortiqcha ekanligi va ular yuk deklaratsiyasi ro‘yxatiga kiritilmaganligi ma’lum bo‘ldi.


Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tovarlar vaqtincha saqlovga olingan.
A.Bo‘riyev, O‘zA