English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yirik korxonalar faoliyati bilan tanishdi
15:04 / 2022-12-08

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo tumanida bo‘lib, yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda "Malik" bojxona postida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Yettita korpusdan iborat “Sirdaryo mega luks” qo‘shma korxonasi izchil rivojlanib bormoqda. Yil boshida bu yerda cho‘ziluvchan plyonka va spanbond texnologiyasi asosida noto‘qima mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish mobaynida viloyat hokimiga istiqboldagi loyihalar haqida ma’lumot berildi. Korxona rahbari Muhiddin Normatovning ta’kidlashicha, kelgusida umumiy qiymati 350 million AQSH dollariga teng polimer mahsulotlari ishlab chiqarish texnoparki tashkil etiladi.

Tumanda qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar soni ortib bormoqda. Xususan, yil oxiriga qadar "Eurasia gaz beton" MCHJning qiymati 15,5 million yevro bo‘lgan gazoblok ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi kutilmoqda. Yiliga 450 ming metr kub gazoblok ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada 150 ta yangi ish o‘rni yaratilishi nazarda tutilgan. Viloyat hokimi mazkur loyiha doirasida qilingan ishlarni ko‘zda kechirdi.

So‘ng “Malik” bojxona punkti hamda tumandagi harbiy qismlarda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA