English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim talaba qizlar bilan uchrashdi
15:31 / 2023-03-04

Andijon davlat universitetida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hududdagi oliy ta’lim muassasalarining talaba-qizlari bilan uchrashdi.

Xalqaro xotin-qizlar bayrami oldidan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi talaba qizlarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etdi.  

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘z iqtidor va salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlari talabalarining puxta bilim olib, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ta’kidlanishicha, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida “Lider qizlar”, “Iqtidorli qizlar” “Orasta qizlar” klub va to‘garaklar tashkil etilgan. Ularning faoliyati samarasi o‘laroq, faol, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan talabalar safi yildan-yilga kengaymoqda.  

Uchrashuvda so‘z olgan talaba qizlar o‘zlarining dil so‘zlarini izhor etdi, erishayotgan yutuqlar haqida gapirdi.  

 [gallery-10823]

– Biz talaba qizlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan behad mamnunmiz, – deydi Andijon davlat universiteti talabasi Zilola Egamberdiyeva. – Ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib, puxta bilim olishga, yanada faol bo‘lishga astoydil harakat qilamiz.  

Tadbirda “Ayol qismati” filmi namoyish etildi. Ishtirokchi barcha qizlarga viloyat hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.  

 

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (surat),  

O‘zA