Hindiston va Pokiston oʻzaro yadroviy inshootlar roʻyxatini almashdi

Hindiston va Pokiston rasmiylari ikki davlatning o‘zaro yadroviy inshoatlari ro‘yxatini, shuningdek, qo‘shni davlatlar qamoqdagi fuqarolari ro‘yxatini almashdi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ro‘yxatlar diplomatik kanallar orqali bir vaqtning o‘zida ikki qo‘shni mamlakat poytaxtlariga yetkazilgan.
Ro‘yxatlar almashinuvi 1988 yildagi bunday inshoatlarga hujumlarning oldini olish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq amalga oshirildi. 1991 yil 27 yanvarida kuchga kirgan hujjat Janubiy Osiyoning ikki qo‘shni yadroviy davlati har yili o‘z hududidagi yadroviy inshoatlar to‘g‘risida bir-birining ruxsatisiz hujumlarning oldini olish maqsadida xabardor qilib turishni nazarda tutadi.
“Hindistonda saqlanayotgan 339 nafar pokistonlik fuqaro maxbuslari va 95 nafar pokistonlik baliqchilar ro‘yxati bilan o‘rtoqlashdi. Xuddi shunday Pokiston ham hindistonlik yoki hind, deb taxmin qilinayotgan 21 nafar mahbus va hibsda saqlanayotgan 654 baliqchi ro‘yxatini hind tomoniga taqdim qildi”, deyiladi xabarda.
O‘zA