English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hay’at yig‘ilishida mamlakat sportining kelajak rejalari belgilandi
10:05 / 2022-11-02

Yig‘ilishda sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov ortda qolgan 8 oydagi natija va ko‘rsatkichlar, qilingan ishlar xususida to‘xtaldi. Davlatimiz rahbari belgilab bergan yo‘nalishlarda o‘zbek sporti taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, aholi va yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Yig‘ilishda sport tadbirlarining 2023 yilga mo‘ljallangan taqvim rejasi, nufuzli sport musobaqalariga tayyorgarlik, "Parij-2024" Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga hozirlik jarayonlari ko‘rib chiqildi.  

Shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirishda ochiqlikni ta’minlash, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2022/2023 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga joylashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va sport maktablarini bosqichma-bosqich inventarlar bilan ta’minlash, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsum musobaqalarini namunali o‘tkazish borasida aniq takliflar ilgari surildi.  

Hay’at yig‘ilishi yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan mutasaddilarga aniq topshiriq va vazifalar yuklandi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA